Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qolgan xorijlik talabalarga yotoqxonadan joy qilib berilgan

O‘zbekistonda qolgan xorijlik talabalarga yotoqxonadan joy qilib berilgan

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘z yurtlariga chiqib ketishlari mumkinligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov tomonidan ma’lum qilindi. Shuningdek, mutasaddi O‘zbekistonda qolgan xorijlik talabalarga yotoqxonalardan joy qilib berilganini ta’kidlab o‘tdi.

— Xorijlik talabalar va fuqarolar o‘z yurtiga chiqib ketishi uchun hech qanday ta’qiq va to‘siq mavjud emas. O‘rnatilgan tartibda chiqib ketishlari mumkin.

Muammo shundaki, juda ko‘plab mamlakatlarda hatto o‘z fuqarolarini ham mamlakat ichkarisida qabul qilish uchun talablar mavjud.

Maqsad oddiy: fuqarolar koronavirus infeksiyasining davlatlararo tashuvchisiga aylanib qolishining oldini olishdan iborat, xolos.

Xorijlik talabalar o‘z yurtiga jo‘nab ketgunga qadar yotoqxonada qolishi mumkin. O‘zining doimiy yashash joyiga chiqib ketish imkoniyatiga ega bo‘lmagan xorijlik talabalar uchun oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylaridan joy ajratilgan. Ularga zarur bo‘ladigan barcha sharoitlar yaratib berilgan, — dedi U. Begimqulov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring