O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi
2022 yil 1 iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
2022-2023-o‘quv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali 30 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Shu o‘rinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter