O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etadi
Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 40-Bolqon Matematika olimpiadasi o‘tkaziladi.
Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya mamlakatlaridan jami 132 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yo‘nalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.
Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:
Raxmatov Anvarbek -Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Xalilov Suxrob - Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
G‘afforov Rasulbek-Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter