Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston» telekanali jonli efirida o‘qituvchi bo‘lib ishga kirish narxi 200 dollar ekani aytildi (video)

«O‘zbekiston» telekanali jonli efirida o‘qituvchi bo‘lib ishga kirish narxi 200 dollar ekani aytildi (video)

Kadr: «O‘zbekiston» telekanali

«O‘zbekiston» teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan «Munosabat» ko‘rsatuvining navbatdagi soni ta’lim sohasiga bag‘ishlandi.

Ko‘rsatuv ishtirokchilaridan biri o‘qituvchi bo‘lib ishga kirish narxi 200 AQSh dollariga teng ekanini aytdi. Ushbu ko‘rsatuvdan olingan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilmoqda.

«Ishga kirish masalasi ham borib shaxsiy manfaatga taqalib tursa. Endi oliy ma’lumotli bo‘lib diplom olgan talaba yoki mutaxassislar bor, ishga joylasholmaydi.

Nima uchun? Hech narsasiz ishga joylasha olmaydi! Oddiy o‘qituvchilar, qancha pedagoglar bor. «Ishga joylashdingmi?», deb so‘raymiz o‘zimizning tanish bilishlardan.

— Yo‘q hali joylasha olmadik.

— Nimaga?

— Zuhra opa, unga bergani 200 dollarni qaydan olaman? Yoki uni olib, bersamu, o‘ylab ko‘rsam oyligi 500 ming yoki 700 ming ekan deydi. Men uni bir yilda uzamanmi?».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring