O‘zbekiston-Singapur qo‘shma ta’lim markazi ochildi
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Davlat boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari, bir guruh iqtidorli yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston-Singapur qo‘shma ta’lim markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markaz kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat xizmatchilarimizning Davlat xizmati kolleji, Li Kuan Yu nomidagi davlat boshqaruvi maktabi kabi Singapurning nufuzli ta’lim muassasalarida malaka oshirishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, ta’lim markazida zamonaviy jihozlangan kovorking maydoni tashkil qilinib, bu yerda singapurlik ekspertlar jalb qilingan holda ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik olib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter