OTMlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda, talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi.
Ushbu muddat quyidagilar:
- to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
- to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter