OTMlarda dekan maqomiga tenglashtirilgan lavozim joriy qilinadi
2021-yil 1-yanvardan boshlab ta’lim sifatini baholashning raqamli texnologiyalari asosida takomillashtirilgan ichki va tashqi tizimlari joriy etilishi mumkin. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinib, uning o‘rniga xavf-xatar tahliliga asoslangan saylanma tekshiruvlar orqali ta’lim sifatini nazorat qilish ko‘zda tutilmoqda.
Shu bilan birga, ta’lim oluvchilar bilimlarini o‘rganib borish, pedagog kadrlar sifati monitoringi, nazorat tekshiruvlari natijalari va shu kabi boshqa ma’lumotlar jamlangan «Uzluksiz ta’lim» axborot tizimini 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab ishga tushirish belgilangan.
Shuningdek, Prezidentning muhokamaga qo‘yilgan yana bir qarori loyihasiga ko‘ra, respublikadagi barcha OTMlar tarkibida Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i tavsiyasiga asosan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan 3 nafar xodimdan iborat ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, bo‘lim boshlig‘ining oylik ish haqi oliy ta’lim muassasi dekani lavozimi maoshiga, bosh mutaxassislarning oylik ish haqi – dekan o‘rinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter