Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchining maoshi qachon 1000 dollar bo‘lishi aytildi

O‘qituvchining maoshi qachon 1000 dollar bo‘lishi aytildi

Foto: Xabar.uz

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqi davomida ta’lim sohasiga to‘xtalib o‘tdi.

— Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-o‘qituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak.

Ochiq aytish lozim, biz bu zahmatkash, fidoyi insonlar oldida hali qarzdormiz.

Shu boisdan ham, qanchalik qiyin bo‘lmasin, o‘qituvchilar mehnatini munosib rag‘batlantirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. 2025 yilga borib, oliy toifali o‘qituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish choralari ko‘riladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring