Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin va kumush medallar bitiruvchiga o‘qishga kirish uchun imtiyoz beradimi?

Oltin va kumush medallar bitiruvchiga o‘qishga kirish uchun imtiyoz beradimi?

Foto:«Uza.uz»

«Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida nizom»ga ko‘ra medallar o‘quvchilarga OTMlarga kirishga imtiyoz berishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

Xalq ta’limi vazirligi o‘z rasmiy saytida yozishicha, ta’limga ixtisoslashgan ba’zi «Telegram» kanallar oltin medal olgan maktab bitiruvchisiga kirish imtihonlarida to‘plagan umumiy baliga 50 foiz, kumush medal olgan  bitiruvchiga esa 30 foiz ball qo‘shib berilishiga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar chop etmoqda.

Yuqorida keltirib o‘tilgan nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

«Oltin va kumush medallar a’lo baholarda o‘qigan o‘quvchilarga berilishini inobatga olsak, kirish imtihonlarida imtiyozli ballar berilmasada, o‘z bilimlarini ko‘rsata olishlari lozim. Qolaversa, Xalq ta’limi vazirligi oliy o‘quv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng imkoniyatlar taqdim etish tarafdori.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarni oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iboratdir» deyiladi vazirlik xabarida.

Xalq ta’limi vazirligi ta’limga ixtisoslashgan «Telegram» kanallarni asoslanmagan va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring