Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi murojaat bilan chiqdi
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga murojaat bilan chiqdi. Unda xorijdan o‘qishni ko‘chirish masalasi ko‘tarilgan.
«Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan «perevod» qilish haqida yolg‘on audixabar tarqalmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov ishtirokida videoselektor yig‘ilish o‘tkazilgani haqida tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emas»,—deyiladi murojaatda.
Vazir ishtirokida o‘qishni ko‘chirish mavzusiga oid hech qanday videoselektor yig‘ilishi bo‘lmagan.
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi tartibga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter