Nukusda reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan birinchi MTM ochiladi
Bugun, 4-aprel kuni Nukus shahrida O‘zbekistonda birinchi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu reabilitatsiya-ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-avgustdagi «Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.
«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, mazkur muassasa jismoniy turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni ijtimoiy-madaniy muhitga jalb etish, ularni maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish reabilitatsiyasi bilan ta’minlash imkonini yaratib beradi. Muassasa 120-150 nafar imkoniyati cheklangan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan.
«Xabar.uz» ushbu ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasidan batafsil reportaj tayyorlamoqda. Saytimizni kuzatib boring.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter