Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norozi abituriyentlarning shikoyatlarini qabul qilish muddati ochiqlandi

Norozi abituriyentlarning shikoyatlarini qabul qilish muddati ochiqlandi

Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyasiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Apellyasiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentyabrga qadar davom etadi.

Abituriyent apellyasiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va undan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Shunga ko‘ra, apellyasiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Qonunchilikka ko‘ra:

1. Apellyasiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

2. Apellyasiya jarayonida abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

3. Apellyasiya shikoyati apellyasiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

4. Abituriyentga apellyasiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.

Apellyasiya jarayonida quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:

- apellyasiya o‘tkazilayotgan xonaga uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lug‘at, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilish yoki olib kirish;
- apellyasiya jarayonida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, ularga yordam berish yoki yordam olish;
- test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtish.

Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi DTMga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyasiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

Apellyasiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga apellyasiya jarayoni to‘liq tugaganidan so‘ng 5 ish kuni ichida taqdim etiladi.

Abituriyent apellyasiya komissiyasining apellyasiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022 yil 7 sentyabrdan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring