Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori o‘zbekistonlik talabalarga ma’ruza qildi
![Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori o‘zbekistonlik talabalarga ma’ruza qildi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_413770054.jpg)
Avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan yaponiyalik mashhur olim, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori shu yilning 28-31 avgust kunlari mamlakatimizga tashrif buyurishi haqda xabar qilgan edik.
Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi va Ryodzi Noyorining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.
Bugun janob Ryodzi Noyori o‘zbek-yapon ilmiy simpoziumida vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, respublikamizning barcha hududlaridan taklif etilgan iqtidorli talabalar va yosh ilmiy tadqiqotchilar uchun ma’ruza bilan chiqish qildi, deb xabar qilmoqda vazirlik axborot xizmati.
Uchrashuvda yaponiyalik taniqli olim o‘zbek allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasi, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojlanishida tutgan o‘rnini e’tirof etdi.
Janob Ryodzi Noyori talablar bilan muloqotda ilm-faning so‘nggi yutuqlari, o‘zining hayotiy tajirbasi va ilmiy natijalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot uchun, taniqli kimyo olimi Ryodzi Noyori 2001 yilda katalitik asimmetrik sintez sohasidagi ishlanmasi uchun Nobel mukofotini olgan. Yaponiyaning ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi ilmiy kengashining haqiqiy a’zosi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli xil yetakchi loyihalari hamda AQSh, Xitoy xalq respublikasi, Yevropa mamlakatlari fanlar akademiyasining a’zosi. 2015 yildan buyon Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligining strategiyasini rivojlantirish va tadqiq qilish Markazining Bosh direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter