Namanganda yangi institut ochiladi
Vazirlar Mahkamasining «Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Qayd etilishicha, institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.
Institut magistraturasini a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilar ularning xohishlariga binoan Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga dars berish uchun jalb etiladi.
Shuningdek, maktab internati o‘quvchilari uchun institutda «Tarjimonlar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ham belgilanmoqda.
Ta’kidlanishicha, viloyat oliy ta’lim muassasalarida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foizdan yuqori bo‘lgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Hokim stipendiyasi»ni joriy etiladi.
Shu bilan birga Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on shahar, To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi, 22-uy manzilida joylashgan Namangan davlat universiteti tizimidagi «Is'hoqxon Ibrat-Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi institut tizimiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter