Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Texas relyativistik astrofizikasi simpoziumida ma’ruza qildi
15-20 dekabr kunlari Buyuk Britaniyaning Porsmut shahrida Relativistik Astrofizika bo‘yicha 30-Texas Simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi Inha universiteti professori Farrux Atamurotov simpoziumda «Qora tuynuk soyasi» mavzusidagi ma’ruzasi bilan so‘zga chiqdi.
«Qora tuynukning optik xususiyatlari va fazoviy-vaqtinchalik tuzilishini o‘rganish, umumiy nisbiylik nazariyasi va boshqa tortishish nazariyalarining yangi sinovlarini yaratish hozirgi zamon relyativistik astrofizikasining muhim vazifalaridan biridir. Qora tuynuk soyasini nazariy o‘rganish tortishish modellarini sinash va tortishish xususiyatlarini tushunishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi», - deya tushuntirdi professor Atamurotov.
Simpozium yakunida professor Porsmut universiteti Kosmologiya va Gravitatsiya instituti direktorining o‘rinbosari, professor Devid Bekon bilan hamkorlik o‘rnatish masalalarini muhokama qildi.
Mazkur simpozium astrofiziklar va kosmologlarning har ikki yilda o‘tkaziladigan eng yirik xalqaro konferensiyalaridan biri bo‘lib, avvalgi uchrashuvlar 2017 yilda Keyptaun va 2015 yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan. Oldingi uchrashuvlar an’anasiga ko‘ra, 30-chi Texas simpoziumi relativistik astrofizika, shu jumladan tortishish, kosmologiya, tortishish to‘lqinlarida ko‘plab masalalarni qamrab oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter