Musulmonlar idorasi vakillari oliy ta’limdagi korrupsiyaga qarshi kurash muhokamasida qatnashdi
Yurtimiz oliy o‘quv yurtlarida oliy ta’lim «korrupsiyasiz soha» degan loyiha asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida «Korrupsiya va poraxo‘rlikga qarshi birga kurashamiz!» mavzusida universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassis-xodimlari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bunda Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyati, Bosh prokuratura akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasidan vakillar hamda O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi sudyalari ishtirok etib, ushbu sohada vujudga kelayotgan muammolar va ularning natijalari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdilar.
Eng asosiysi, onlayn uchrashuvda Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Abdulla Avloniy qarashlarida poraxo‘rlik, nohaklik va aldov kabi illatlarning salbiy oqibatlari bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter