Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy abituriyentlar qayd etgan past natijani musibat deb atadi

Muftiy abituriyentlar qayd etgan past natijani musibat deb atadi

Foto: Xabar.uz

Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov o‘zbekistonlik abituriyentlarning 40 foizi «ikki bahoga ham javob bera olmagani»ni musibat deb atadi.

«Yaqinda hindistonlik olimlar birlashib Oyga o‘z apparatini chiqardi. Hindlar butun dunyoni lol qoldiradigan texnikalar yaratmoqda, ular shu masalada bahslashishmoqda. Hozir davolanish uchun eng qulay joy Hindiston.

U yerlarda mana shunday ilm ustidan musobaqalashishayotgan bir vaqtda biz hali ham soqolni qanday qo‘yish, kiyinmni qanday kiyishni tortishib yuribmiz. Tortishuvlarni to‘xtatmasak, ilm-ma’rifat bilan shug‘ullanmasak, xalqimiz baxtli bo‘lishi qiyin.

O‘qishga topshirgan maktab bitiruvchilarining ballari e’lon qilindi. 40 foizdan ko‘pi ikki bahoga ham javob bermabdi, mana bu musibat biz uchun. Soqolni uzun-kalta bo‘lishini o‘rniga mana shu masalani tashvishini qilishimiz kerak», dedi muftiy.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring