Maktablarda «Mardlik va jasorat» darslari bo‘lib o‘tmoqda
2018-yilning 4-8-may kunlari respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida «Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas», «Mardlik, burch va sadoqat» shiorlari ostida «Mardlik va jasorat» darslari bo‘lib o‘tmoqda.
«Mardlik va jasorat» darslarida ikkinchi jahon urushida mardlarcha halok bo‘lganlar, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan sobiq jangchilar, mustaqillik yillarida o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining jasoratlari, ularning Vatan tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan qahramonliklari to‘g‘risida o‘quvchilar bilan jonli muloqotlar o‘tkazilmoqda.
O‘quvchilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari, yolg‘iz va kam ta’minlangan keksalar hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oilalari holidan xabar olib, ularning uy-ro‘zg‘or yumushlariga ko‘maklashmoqda hamda bayram bilan tabriklashmoqda.
O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglikni targ‘ib qilish, ularda Ona Vatan oldidagi burch hissi, sadoqat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalarida «Xotira va qadrlash kuni» bayramiga bag‘ishlab turli ko‘rgazmalar, devoriy gazetalar tashkil etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter