Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabda ishlovchi pensionerlarga 100 foiz pensiya to‘lanishi mumkin

Maktabda ishlovchi pensionerlarga 100 foiz pensiya to‘lanishi mumkin

Foto: «Norma»

O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Prezidentning «Xalq ta’limi tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi muhokama qilinmoqda, deb xabar bermoqda «Norma».

Hujjatda yuqori toifali mutaxassislar uchun xalq ta’limi muassasalari jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish nazarda tutilgan. 

Hujjatga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan xalq ta’limi muassasalarida ishlovchi pensioner xodimlarga to‘liq miqdorda pensiya to‘lash taklif etilmoqda.

Shu paytdan e’tiboran umumta’lim muassasalari rahbarlarini pullik xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushadigan qo‘shimcha daromadlarning 10 foizigacha miqdorida moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. 

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring