Islomjon Karimov: «kimyo sohasida O‘zbekistonga Nobel mukofotini sovg‘a qilaman»
Bugun 20-27 aprel kunlari Sankt-Peterburg shahrida kimyo fanidan o‘tkazilgan 53-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi g‘oliblari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Olimpiadada 29 ta davlatdan 170 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi jamoasi vakillaridan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyining 3-bosqich o‘quvchilari Islomjon Karimov 1 ta oltin, Ulug‘bek Boyirbekov 1 ta kumush, Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyining 3-bosqich o‘quvchisi Diyor Xayitov 1 tu kumush, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi Mohira Boltayeva 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, ajratilgan kvotadan tashqari ishtirok etgan yana bir vakilimiz Mirumid Mirakbarov Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyning hisobiga yana 1 ta kumush medalni taqdim etdi.
Ana shunday yorqin natijalar bilan yurtimizga qaytishgan yoshlarimiz mas’ul vazirlik va tashkilotlar vakillari, ustozlari, ota-onalari va do‘stlari tomonidan iliq qarshi olindi.
Oltin medal egasi Islomjon Karimov o‘tgan yili Belorussiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada ishtirok etib bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
«Qaysi kasb egasi bo‘lishimdan qat’iy nazar, faqat va faqat yurtimiz rivoji, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilaman. Kimyo sohasida esa O‘zbekistonga hali Nobelni sovg‘a qilaman», deydi u.
Zebo NURMONOVA
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter