Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxlik abituriyent birdaniga 3 ta OTM talabasi bo‘ldi

Jizzaxlik abituriyent birdaniga 3 ta OTM talabasi bo‘ldi

Jizzax viloyatidagi o‘quv kurslari tinglovchilaridan biri Jalol Abdullayev birdaniga uchta oliy o‘quv yurti — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha hamda Turin politexnika universitetlari kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talaba bo‘lgan.

– Avvaliga omadning ko‘plashib kelganiga ishonmadim, – deydi J. Abdullayev. – Uchala oliy ta’lim muassasasidan qaysi birida o‘qisam ekan, degan savol bo‘yicha bir to‘xtamga kelish qiyin bo‘ldi. Bu boradagi javobni oshkor etishni biroz ortga surmoqchiman

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi 17-maktab hamda «International house» akademik litseyi o‘quvchisi 19 yoshli Diyorbek Jo‘rayev bir paytning o‘zida 12 ta xorijiy oliygohga o‘qishga kirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring