Jizzaxda 66 yoshli fuqaro OTMga hujjat topshirdi
66 yoshli fuqaro 2 nafar nevarasi bilan Jizzax davlat pedagogika institutiga hujjat topshirdi, deb xabar qildi institut matbuot xizmati.
1953-yilda Jizzax viloyati, Jizzax tumanida tug‘ilgan Umarali Jo‘rayev 2 nafar nabirasi bilan Jizzax davlat pedagogika institutiga jismoniy madaniyat fakulteti sirtqi bo‘limiga hujjat topshirdi.
Umarali Jo‘rayev 1975-yilda Jizzax davlat pedagogika bilim yurtini tugatgan. O‘zbekiston Xalq maorifi a’lochisi, O‘zbekiston sport faxriysi sanaladi. 42 yillik pedagoglik ish stajiga ega.
– Nasib qilsa, agar talabalik baxtiga musharraf bo‘lsam, endigi ish faoliyatimni Sharof Rashidov tumani Jismoniy tarbiya va sport bo‘limida davom ettirmoqchiman, – deydi qahramonimiz. – Men 15 yilga yaqin Jizzax viloyatining «Avtomobilist» jamoasida (hozirgi «So‘g‘diyona») futbol o‘ynadim. Imtihonlardan o‘tishimga ishonchim komil.
Avvalroq, Farg‘onada 72 yashar fuqaro OTMga hujjat topshirgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter