Jamoatchilik fikri hamon salbiy: oliy ta’lim tizimi poraxo‘rlik keng tarqagan soha!
Bugun Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib, unda oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli va qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar muhokama qilgani xabar qilingandi.
Yig‘ilishda tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish borasidagi choralar yetarli samara bermayotganligini keng jamoatchilik fikri ham tasdiqlayotgani alohida qayd etilib o‘tildi.
2018-yilda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi o‘tkazgan so‘rovda ishtirok etganlarning 29 foizi oliy ta’lim tizimida korrupsiya keng tarqalgan degan fikrni bildirgan bo‘lsa, 2019-yilda bu salbiy ko‘rsatkich 35 foizni tashkil etgan.
O‘tgan yilning avgust oyida internet orqali o‘tkazilgan so‘rovda Yuridik, Iqtisodiyot, Milliy universitetlari hamda Tibbiyot akademiyasi korrupsiya eng ko‘p tarqalgan oliy o‘quv yurtlari sifatida zikr etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter