Inomjon Majidov: «Testlarni oliy ta’lim muassasasisiz o‘tkazish – inqilobiy qaror»
Xalqaro press-klubda kecha, 21-iyul kuni «Qabul-2018: Shaffoflik, halollik, adolat mezonlari va innovatsion yondashuvlar» mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.
Unda 2018-2019-yillarda oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayoni va test imtihonlariga tayyorgarlik ishlari hamda bugun dolzarb bo‘lib turgan juda muhim masalalar va muammoli vaziyatlar tahlil qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston universitetlari tarixida birinchi marta XPK sessiyasida rektorlarning murojaati havola etildi va u abituriyentlarga yo‘llandi.
Xalqaro press-klubda yana bir qator muhim fikrlar yangradi. Ushbu iqtiboslarni alohida jamlagan holda e’tiboringizga havola qilamiz.
«Onlayn qabul tajribasini joriy yil Toshkent davlat yuridik universiteti qabul jarayonida sinab ko‘rdik. Bunga texnik imkoniyatlarimiz yetdi. Demak, kelasi yildan barcha universitetlarda onlayn qabul bo‘ladi».
«Test sinovlari oliy ta’lim muassasasidan olib chiqib ketiladi. Universitet testni tashkil qilish jarayonlariga aralashmaydi».
«Inqilobiy qaror – oliy ta’lim testlarini oliy ta’lim muassasasisiz o‘tkazish».
«Ota-onalarda ishonch hosil qilishimiz kerak».
«Oxirgi yilda 12 ta yangi oliy ta’lim muassasasi ochildi».
Inomjon Madjidov, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
«Hamma resurslarni nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada jamlab test sinovlari o‘tkazilmaydi».
«Mutloq yangi tizim yartilmoqda».
«Test sinovlarining savollari umumxalq muhokamasiga qo‘yildi».
«Test savollarining soni kamaydi».
Majid Karimov, Davlat test markazi direktori
«Abituriyetlarni test sinovlari jarayonida 1500 ziyod kameralar kuzatib boradi».
«Bir shaxs mendan pora so‘rashdi, deb shikoyat qiladi. Lekin hech kim menga pora taklif qilmoqda, deb shikoyat qilmaydi».
«Agar fuqarolar ustozlarga pora taklif qilsa, prokuraturaga shikoyat qilish kerak».
Prokuror
«Murojaatnomani oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘z qalbidan, yuragidan o‘tkazgan».
Avaz Marahimov, O‘zMU rektori
«O‘zbekistonda hamma ilmga va bilimga juda tashna».
«Ota-ona va tuman deputatlari imtihon jarayonlarining shaffofligini ta’minlashda katta yordam beradi».
«Pora bilan o‘qishga kirgan talabalar kelajakda insonlarga xizmat qilmay ularga mijozdek qaraydi».
Sherzod Qudratxo‘jayev, Xalqaro press-klub raisi
«Pora bilan o‘qishga kirgan abituriyent birovni o‘rnini egalagan bo‘ladi. Birovni o‘rnini egallagan hech kim unmaydi».
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi rektori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter