Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imtihon kunlari Toshkentda avtobuslar harakati bir soat avval boshlanadi

Imtihon kunlari Toshkentda avtobuslar harakati bir soat avval boshlanadi

Foto:«Xabar.uz»

Yurtimizda joriy yil 29-iyuldan oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi. 

«Toshshahartransxizmat» AJ ham imtihon kunlari transport qatnovi uzluksizligini ta’minlash maqsadida 29- iyuldan boshlab o‘z tasarrufidagi yo‘nalishlarga avtobuslarni odatdagi harakat jadvalidan bir soat oldin chiqaradi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan kelib chiqib jamoat transporti bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha avtobus saroylarida haydovchi va chiptachilar o‘rtasida qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari imtihonlar bo‘lib o‘tadigan muassasalar atrofida yo‘llarning vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan ko‘shimcha choralar belgilanishi xam rejalashtirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring