Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Har bolamiz qonida iste’dod oqmoqda» – akademik Ibrohim Abdurahmonov

«Har bolamiz qonida iste’dod oqmoqda» – akademik Ibrohim Abdurahmonov

Yoshlarimizning qalbiga kirib borish va ularda milliy g‘ururni shakllantirish, birovlarning qora yumushlarini qilishi yoki fikrlariga qo‘shilib ketishni tanlashidan oldin o‘zlarining naqadar genetik jihatdan qadri baland inson ekanliklarini adabiy usulda tushuntirish uchun taniqli yozuvchi Isajon Sultonning «Genetik» asari katta o‘rin tutadi.

Zero, har bolamiz qonida iste’dod oqmoqda. Bu iste’dodni rivojlantirish, «uxlab yotgan genlar»ni uyg‘otishda xalqimiz boyligi, g‘ururi va sha’ni bo‘lmish tilimizga yanada ko‘proq e’tibor qaratish davlatimiz siyosati, deb baralla aytishimiz mumkin.

Joriy yilda umumiy o‘rta maktablardagi «Adabiyot» faniga mo‘ljallangan 3D-tizimli interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish, o‘zbek xalqining etnogenez tarixini o‘rganish bo‘yicha «Ertosh Do‘lana» yodgorligini tadqiq etish, qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan kutubxonasini tashkil qilish, o‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish kabi amaliy va innovatsion loyihalarga grantlar berildi.

Grantlarning asosiy maqsadi ham tilimiz, qadriyatlarimizni yoshlarning shuuriga singdirish bo‘lib, bu yo‘lda yangi loyihalar amalga oshirilyapti, olimlar izlanishlar olib bormoqda. Ziyolilarimiz milliy qadriyatlarni himoya qilish uchun mehnat qilishlari, izlanishlari, tadqiqotlpr olib borishlari ayni muddaodir. Hali oldinda shu va boshqa loyihalar tilimiz mavqeining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Ibrohim Abdurahmonov, 
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri
O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring