Farg‘ona hokimi 50 yil oldin qurilgan maktabga bordi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov aholi murojaatlari bo‘yicha Uchko‘prik tumanida joylashgan maktablardagi mavjud muammolarni o‘rgangan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bergan.
Xususan, Katta Qashqar MFY hududidagi 53-maktab 0,22 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, 1972 yilda qurilgan moslashtirilgan binoda faoliyat ko‘rsatadi. Ayni paytda ushbu ta’lim maskanida 340 nafar yoshlar 2 navbatda o‘qiydilar.
Shuning uchun tegishli tartibda 220 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi hamda mavjud 180 o‘rinli o‘quv binosini ta’mirlash uchun 3 mlrd. 880 mln. so‘mlik investitsiya loyihasi tayyorlangan. Biroq hozirgi kunda maktab hududida qo‘shimcha bino qurilishi uchun ortiqcha yer maydoni mavjud emasligi sababli fuqarolar tuman zahira yerlari hisobida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mahalla hududidagi bo‘sh maydonni yangi bino qurilishiga ajratilishida yordam so‘ragan. Murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilgani aytilgan.
Viloyat hokimi tumandagi Istiqbol MFYda joylashgan 41-maktabda ham bo‘lib, bu yerda ham 220 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish va kapital ta’mirlash jarayonlari bilan bog‘liq muammolarni o‘rgangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter