«Fan va atom – 2023-festivali» bo‘lib o‘tdi
«MMFI» MTYaU Toshkent filialida «Fan va atom – 2023-festivali» bo‘lib o‘tdi. Besh yildan beri muntazam o‘tkazib kelinayotgan ushbu tadbirda o‘tgan yili Jizzax viloyatining Forish tumani Uchquloch qishlog‘i maktab o‘quvchilari ilk bor ishtirok etgan edi. Bu yil faxriy mehmonlar qatorida Namangan viloyati Pop shahrining yoshlari jamoasi mamlakatning eng yaxshi «Intellekt formulasi» xalqaro chempionatida ishtirok etishga muvaffaq bo‘lishdi.
«Festival uchinchi yildirki, filialimiz hududida o‘tkazilmoqda. Bugungi dastur doirasida siz yangi texnologiyalar bilan tanishish, turli afsonalarga barham berish, jumladan, yadroviy energetikada ham yadro texnologiyalari kundalik hayotda qo‘llanilishini o‘rganish imkoniga ega bo‘lasiz. Va bu energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa ko‘plab sohalar bo‘lishi mumkin», – dedi filial ijrochi direktori Shavkat Abdukomilov.
Tadbir doirasida mehmonlar Novovoronej AESiga – Rossiyadagi birinchi sanoat AESiga onlayn sayohat qildilar. Aynan ushbu Novovoronej AESi dunyoda birinchi marta VVER – 1200 3+avlod (Suv suvli energetik reaktor – 1200 uch plyus avlodli)energiya bloklariga egaligi, hozirda esa bunday bloklar Belarusda foydalanishga topshirilgani, Turkiya, Bangladesh, Misr va Vengriyada qurilish bosqichida ekanligi bilan mashhur. Yosh mehmonlar reaktor zali, turbinalar bo‘limi, boshqaruv blok punktiga tashrif buyurish, turli sovutish tizimlarini ko‘rish, shuningdek, atom elektr stansiyasi vakillari bilan muloqot qilish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘ldilar. «O‘zatom» agentligi qoshidagi Atom texnologiyalari axborot markazida o‘tkazilgan festivalning ikkinchi kunida ham dasturning ushbu qismi o‘tkazildi.
Sankt-Peterburg davlat texnologiya instituti yosh olim va mutaxassislar kengashi raisi Andrey Akatovning «Yadro texnologiyalarini kosmik texnologiyalarda qo‘llash» mavzusidagi onlayn ma’ruzasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mashhur kinorejissyor, ssenarist va prodyuser Oliver Stounning «Atom» hujjatli filmi namoyishi festival dasturiga o‘ziga xos ko‘rk berdi.
Festivalning an’anaviy qismi «MMFI» MTYaU o‘quv blokiga sayohat bo‘lib, unda yosh mehmonlar laboratoriya jihozlari, jumladan virtual reallik texnologiyalari bilan tanishishdi, shuningdek, filial o‘qituvchisining ilmiy shousida ham ishtirok etdilar.
Poytaxtimizdagi 103-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Anna Korobeynikova festival haqidagi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi: «Men ko‘p narsalarga qiziqaman va ulardan zavqlanaman, lekin oxirgi paytlarda kelajakdagi mutaxassisligim haqida qaror qabul qilmoqchiman. Bugungi tadbirda eng yoqqan tarafi bu talabalar bilan muloqot, xususan ularning ushbu universitetda o‘qish tajribasi bo‘ldi. Men ko‘proq amaliyot ko‘rishni xohlayman. Laboratoriyalarda tajribalarni tomosha qilish juda qiziq bo‘ldi.»
Shu o‘quv dargohi talabasi Kamila Hakimova shunday dedi: «Men uchinchi yildirki festivalda ko‘ngilli sifatida qatnashyapman va ushbu tadbir ishtirokchilarga yadroviy fan va texnologiya olami haqida qandaydir yangi bilim olishga yordam berishini payqadim. Interfaol formatlar tufayli mutlaqo har bir ishtirokchi ekspert va o‘qituvchilarga o‘z savollarini bemalol berishi mumkin. Bolalarning ko‘zidagi qiziqishni ko‘rib, atom energetikasi muhim sohaligini, bu ulkan imkoniyatlar va davlatimiz taraqqiyotining garovi ekani haqida tushuncha paydo bo‘ladi.»
Darhaqiqat festival yoshlar uchun bir tajriba bo‘ldi. Boshqacha aytganda, bu tadbir odamlarning atom sohasiga yaqinlashishiga yordam berishi shubhasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter