Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Exadel Inc.» kompaniyasi vakillari Innovatsiya markazi taklifiga binoan O‘zbekistonga keldi

«Exadel Inc.» kompaniyasi vakillari Innovatsiya markazi taklifiga binoan O‘zbekistonga keldi

«Exadel Inc.»ning Vinnitsadagi ofisi.

Foto: «Exadel.com»

Olti kunlik tashrifning maqsadi «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazining faoliyati bilan tanishish va IT-ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilishdan iborat.

Ertaga, 26-yanvar kuni MUICda markaz rezidentlari va «Exadel Inc.» kompaniyasining bosh operatsion direktori Gregori Katsman hamda HR-menejeri Yelena Krukovskaya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tadbir tanishtiruv maqomiga ega bo‘lib, unda mehmonlar asosan o‘z kompaniyalari, O‘zbekiston bozorida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan rejalari hamda MUIC rezidentlari hisoblangan IT-kompaniyalar bilan o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha ma’lumot berishadi.

Shuningdek, «Exadel Inc.» vakillari Toshkent shahridagi INHA universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda mintaqaviy texnik maktablardan birining rahbariyati bilan uchrashishadi. Muzokaralar mavzusi — oliy o‘quv yurtlarida laboratoriyalar tashkil etish bo‘ladi.

«Exadel Inc.» — dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va IT-konsalting bilan shug‘ullanadigan xalqaro kompaniyadir. U 1998 yilda tashkil topgan. Bosh ofisi Kaliforniya(AQSh)da joylashgan. Kompaniya olti davlatda ishlab chiqarish markazlari hamda AQSh, Belorus, Ukraina, Litva, Rossiya va Polsha davlatlari shaharlarida 800 nafardan ortiq xodimiga ega. Kompaniya tashkil etilgan kundan boshlab dunyoning yirik kompaniyalari: Deutsche bank, Bank of America, eBay, Sears, Abn-AMRO Bank, RBS, Sears, SAMSUNG va boshqa kompaniyalar uchun 500 dan ortiq loyihani amalga oshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring