Elchixonalar qo‘shni mamlakatlardan o‘qishni ko‘chirishda yordam beradi
![Elchixonalar qo‘shni mamlakatlardan o‘qishni ko‘chirishda yordam beradi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2984345474.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 4-fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston)dagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishini respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza qabul qilishga ruxsat berildi.
Unga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan va o‘qishi ko‘chirilishga ruxsat berilgan fuqarolarga o‘qiyotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tegishli hujjatlarni olish bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasining qo‘shni davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari orqali amaliy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Bunda o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan va o‘qishi ko‘chirilishga ruxsat berilgan fuqarolarga o‘qiyotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tegishli hujjatlarni olish bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter