Eksternat tartibidagi imtihonlar maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga tatbiq etilmaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Endi maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin» degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo asosga ega bo‘lmagan xabarligini ma’lum qildi.
Bu xabarlar maktabni o‘z vaqtida tugata olmagan, ya’ni maktab yoshidan o‘tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtihon topshirish uchun arizalar berish bilan bog‘liq xabarning noto‘g‘ri talqin qilinganligi natijasida tarqatilmoqda.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.
Eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo‘q va ularga tatbiq etilmaydi, deyiladi vazirlik bayonotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter