Viloyatlarda o‘qish boshlanishi sanasi o‘zgarmoqda
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlariga asoslanib, viloyat hududida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotganidan kelib chiqib, Buxoro viloyatidagi mavjud umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi.
Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
O‘quv mashg‘ulotlari 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.
Shuningdek, Sirdaryoda 325 ta maktab va 199 ta bog‘chada dars hamda mashg‘ulotlar 18 yanvardan boshlanishi belgilandi.
O‘qishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori nafaqat ta’lim muassasalari ma’muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter