Bu yilgi «Prezident sovg‘asi» boshqacha bo‘ladi — XTV
Bu yilgi 1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan «Prezident sovg‘asi» tarkibidagi mahsulotlarning sifatiga katta ahamiyat berildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Xususan, 1-sinf o‘quvchilari uchun «Prezident sovg‘asi»dan 12 turdagi o‘quv qurollari o‘rin olgan: portfel, 2 xil chiziqdagi 12 dona daftar, qalamdon, rasm daftari, rangli qog‘oz, sharikli ruchka, akvarel bo‘yoqlari, rangli qalamlar jamlanmasi, yelim, oddiy qalamlar va o‘chirg‘ich.
«Prezident sovg‘asi» bolajonlar qo‘liga yetib borishi, ularga ko‘p vaqt xizmat qilishi Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiruvchi «O‘quv ta’lim-ta’minot» davlat unitar korxonasi zimmasiga yuklatilgan.
«O‘quv ta’lim-ta’minot» DUK, shuningdek, barcha maktablarga darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va badiiy adabiyotlar, shuningdek, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun maktab mebellari, o‘quv laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boshqa tovar-moddiy boyliklarini yetkazib bermoqda.
4 sentyabr kuni boshlanadigan o‘qishga 627 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz 1-sinfga boradi. Imkoniyati cheklangan 13 ming nafar bola o‘z uyida ta’lim olishni boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter