Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil test sinovlari 2 ta fandan bo‘ladi

Bu yil test sinovlari 2 ta fandan bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan brifingda ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Xushnudbek.uz.

Unga ko‘ra, joriy yilda istisno ravishda 3ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmaydi.

Faqat 2ta mutaxassislik fanidan test olinadi.

Shunda ballar quyidagicha belgilanadi:

1-blok - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.

2-blok - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Joriy yil test sinovlarida xuddi o‘tgan yilgidek maksimal 189 ball to‘plash mumkin.

Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring