Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura O‘zMU mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Bosh prokuratura O‘zMU mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Foto: «Xabar.uz»

XIII-XV asrlarda yozilgan o‘nlab nodir qo‘lyozmalari O‘zMU kutubxonasidan yo‘qolganligi haqida ommaviy axborot vositalarida maqola e’lon qilingandi.

Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilgan.

Qayd etilishicha, o‘rganishda Milliy universitet Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII-XIX asrlarga oid qiymati 2,6  mlrd. so‘mlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan 56 dona qo‘lyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon-toroj qilinganligi va boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

«Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 19 fevral kuni universitetning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, shuningdek, Axborot resurs markazi direktori va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlariga kirishildi.

Tergov ustidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring