Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim oliy ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilandi

Ayrim oliy ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilandi

«Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda. 

Qarorga muvofiq, pedagogik ta’lim sohasining ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari doirasida amalga oshiriladi.

Qaror bilan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta’lim sohasining ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, Samarqand, Andijon, Buxoro, Termiz, Qarshi davlat universitetlarining Pedagogika institutlari tashkil etildi.

Ushbu pedagogika institutlari maqomi bo‘yicha mahalliy OTM filialiga tenglashtiriladi.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilar joriy etiladi:

- tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati bilan maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va oliy ta’lim sohalarida oliy ma’lumotli, professional pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosida (oliy ta’lim sohasi uchun salohiyatli OTMlar magistraturasiga) o‘qishga qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlari shakllantiriladi;

- dastlabki bosqichda Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘quv jarayoni ta’limning kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi;

- alohida iqtidor talab etiladigan pedagogika ta’lim sohasining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy 3 ta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari topshirish tartibi joriy qilinadi. (Bunda, qoida tariqasida, majburiy 3 ta fan bo‘yicha test sinovlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari e’lon qilinganidan so‘ng o‘tkaziladi).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring