Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Sa’dullayev boshqa ishga o‘tgani sabab vazifasidan ozod etildi

Alisher Sa’dullayev boshqa ishga o‘tgani sabab vazifasidan ozod etildi

Foto: Xalqaro press-klub

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda «Turon24» xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni 25-oktyabr kuni imzolagan.

Aytilishicha, Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tishi kutilyapti. 2018-yil avgust oyida sobiq birinchi o‘rinbosar Odil Tojiyev Toshkent viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Xalq ta’limi vazirligida uning o‘rniga kim tayinlanishi hozircha noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring