AKT vaziri ZTE kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Kecha, 11-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ZTE korporatsiyasi katta vitse-prezidenti Mey Chjunxua bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Unda AKT vaziri ZTE kompaniyasining O‘zbekistonda amalga oshirayotgan ishlari va loyihalarini alohida qayd etib, hamkorlikda ishlashdan manmunligini bildirdi.
O‘z navbatida, kompaniya vakili O‘zbekistonda AKT sohasiga qaratilayotgan e’tibor tahsinga loyiqligini bildirgan.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, BPO xizmatlar sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kompaniya bilan birgalikda O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish hamda o‘quv markazlar tashkil etish, mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter