1 mln dollarlik tanlov va boshqalar — Prezident yangi qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan:
- 2022-2023-yillarda sohani rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilandi. Misol uchun, 2022-yil yakuniga qadar aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovi 60 foizga yetkaziladi;
- 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida AKTni qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi;
- 2022-yil 1-noyabrdan mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, o‘zlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi;
-2023-yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan Prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi;
- 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab AKT sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ITSV huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish tartibi joriy qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter