Abituriyent ruxsatnomasini olishga ulgurmaganlar uchun hududlarda maxsus uskunalar o‘rnatildi
Abituriyent ruxsatnomasini olishga ulgurmaganlar uchun har bir hududda ruxsatnomani chop etish uskunalari o‘rnatilgan.
Bu haqda DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Rajabovning aytishicha, shu kungacha 3 mingga yaqin abituriyent DTM ruxsatnomasini olishga ulgurmagan. Ularning har biriga takroriy xabarnomalar yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugundan respublika bo‘ylab OTMlarga kirish imtihonlari boshlandi. imtihonar ikki smenada o‘tkaziladi va 14 kun davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter