Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-sinfga qabul vaqti e’lon qilindi

1-sinfga qabul vaqti e’lon qilindi

2024-2025-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi.

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-BOSQICh: 20 iyundan 31 iyulgacha mikro-hudud doirasida,

2-BOSQICh: 1 avgustdan 15 avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20 iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring