Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yadroviy urushdan omon qolish imkoniyati qaysi mamlakatlarda yuqori?

Yadroviy urushdan omon qolish imkoniyati qaysi mamlakatlarda yuqori?

Illyustrativ foto

Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, Rossiya va AQSh o‘rtasida ehtimoliy to‘laqonli yadroviy urush yuz bergan taqdirda Yer aholisi soni 5 milliardga tushib ketadi. Ona zaminga uzoq va uqubatli yadroviy qish cho‘kadi. Bu haqda Nature jurnali yozmoqda.

Yodingizda bo‘lsa, Yer aholisi soni 8 milliarddan oshgani haqida xabar bergandik.

Ratger universiteti (Nyu-Jersi, AQSh) olimlari ehtimoliy yadroviy urushdan omon qolish imkoniyati qaysi mamlaktlarda yaxshiroqligini hisoblab ko‘rishdi.

Unga ko‘ra, yirik shaharlar va sanoat zonalariga atom bombalari yog‘dirilgan taqdirda olovli bo‘ronlar yuz beradi, ularning yonishidan ajralgan kul zarralari butun dunyoni, atmosferani qoplab oladi. Buning oqibati iqlim o‘zgarishlari hamda quruqlik va okeanlarda oziq-ovqat zaxiralarining keskin qisqarib ketishida namoyon bo‘ladi.

Atmosferaga 150 teragramm (165 mln tonna)dan ortiq kul sochiladigan bo‘lsa, yadroviy qiyomatdan so‘ng uch-to‘rt yil o‘tib, boshoqlilar istemoli taxminan 90 foizgacha tushadi.

Prognozlarga ko‘ra, atmosfera bundan ham ko‘proq zaharli kullar bilan to‘yingan taqdirda ham, aynan Avstraliya va Argentina aholi jon boshiga kunlik kilokaloriyalar iste’molini optimal darajada saqlab qolishi mumkin.

Maqolada yozilishicha, yadroviy urushdan so‘ng dunyoning yana bir nuqtasi — Yangi Zelandiyada ham najot bor. Biroq Osiyo va dunyoning oziq-ovqat tangligi yuz bergan boshqa davlatlaridan yopirilgan qochoqlarning ulkan oqimiga bu kichik mamlakat dosh bera olishi so‘roq ostida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring