Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’limning kelajagi qanday ko‘rinishga ega?

Ta’limning kelajagi qanday ko‘rinishga ega?

Ta’limning kelajagi qanday bo‘ladi? Bu ayni damda ommabop savol bo‘lib, uning javoblari onlayn ta’limdan tortib xususiy maktablargacha bog‘liq. Ammo Liz Koleman e’tiborini bundan ham jiddiyroq bo‘lgan muammoga qaratadi: maktablar kelajakda nimani o‘rgatishi kerak? Jamiyatimiz kelajagi uchun bu qanday ahamiyatga ega?

Maqola ideas.ted.com saytidan olindi va Khan Academy Oʻzbek jamoasi tomonidan tarjima qilindi.

TED2009 da ochiq bayon etilgan nutqida Koleman o‘zining Amerika liberal san’ati kelajagi bilan bog‘liq umidlari va tashvishlari bilan o‘rtoqlashdi. Shundan so‘ng, u Bennington kolleji prezidenti sifatida oliy ta’limning jamiyatdagi o‘rnini tanqid qildi: universitet tizimi davlat xizmatchilarining yangi avlodini tayyorlash o‘rniga xayr-ehson yig‘ish bilan ko‘proq shug‘ullanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, universitetlar bugungi dolzarb global muammolarni hal qilishga qodir bo‘lgan talabalarni tayyorlab bera olmayapti. U gumanitar ta’limni tubdan qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi va kuchli fuqarolik burchini his qiluvchi fuqarolarga ta’lim beriladigan maktab tizimi to‘g‘risida fikr bildirdi.

2011 yilda Koleman bu fikrlarni amalda qo‘llashga qaror qildi. U Benningtonda «Jamoatchilik harakati markazi» (CAPA, Center for the Advancement of Public Action) ni tashkil etdi va shu vaqtdan boshlab tashkilotni to‘liq boshqarish uchun kollej prezidentligidan voz kechdi. CAPA olib boriladigan chora-tadbirlar va fuqarolarni jalb etishni o‘z dasturining markaziga qo‘ydi. Kurslar talabalarni savollarga javob topish emas, balki tanqidiy fikrlash va murakkab, haqiqiy muammolarga qanday yechim topishni o‘rgatishga qaratilgan.

Foto: freepik.com

Biz Koleman bilan uning yangi loyihasi va kelajakda nimaga erishmoqchi ekanligi haqida suhbatlashish uchun uchrashdik. Quyida ushbu suhbatning tahrirlangan shakli keltirilgan.

Siz TEDdagi ishtirokingizdan so‘ng CAPAni yaratdingiz. Ushbu dasturni boshlashda sizga nima turtki bo‘ldi?

CAPA dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi o‘y-tashvishlarimdan boshlangan. Mamlakat juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelmoqda va dunyoda o‘zining mavqeyi tufayli ulkan mas’uliyatni zimmasiga olgan. Amerikada sodir bo‘layotgan voqealar barchaga ta’sir qiladi. Men Bennington prezidenti bo‘lganimda juda ko‘p muammolarga duch keldim va bu borada biror narsa qilishimiz kerakligini tushunib yetdim. Bu esa bizning o‘qitish tizimimizga o‘zgartirish kiritish edi. Qarshimizdagi muammolarni hal qilishda ta’lim juda muhim rol o‘ynaydi.

Davlat va xususiy manfaatlar o‘rtasidagi tafovut halokatli bo‘lishi mumkin. Jamiyatning akademiyalarga bo‘lgan qiziqishi butunlay yo‘qoldi. Universitetlar tor doiradagi shaxsiy manfaatlardan tashqari jamiyat oldidagi qarzdorliklari haqida deyarli hech narsa deyishmaydi — biz hozir bilgan ta’lim bilan keng jamoatchilik uchun imkoniyat va majburiyatlarni kengaytiradigan ta’lim tizimi o‘rtasida juda katta farq bor. Biz shunchaki mutaxassislarni kutyapmiz va «Men hech narsa qila olmayman» degan fikr bilan hech narsa qilmaslikda davom etyapmiz. Maktablar o‘quvchilarga ijtimoiy faol bo‘lish hamda har bir fuqaroning imkoniyat va majburiyatlarini o‘rgatishi kerak. Jamoatchilik maydonida bizga yanada g‘ayratli ovozlar kerak.

Biz haqiqatan ham e’tibordan chetda qoldirgan narsa dunyoda odob-axloq va aql bilan samarali faoliyat olib borishni o‘rgatadigan ta’lim tizimidir. Bu tuyg‘u yoki ishtiyoq haqida emas, balki muammolarni qanday qilib yengish kerakligi haqida. Bu sizning shaxs sifatida o‘z imkoniyatlaringizdan maksimal foydalangan holda rivojlanishingizni talab qiladi — ushbu imkoniyatlar sizga o‘ylash, ko‘rish, tinglash imkonini beradigan resurslardir. Universitetlar talabalarga o‘zlari uchun mos bo‘lmagan va hamma narsa ular uchun tayyor bo‘lmagan dunyoda, odamlar bilan birga ishlashni, ularning yordami va tushunishlariga muhtoj bo‘lganligi uchun qilayotgan ishlarida mulohazakor bo‘lishni talab etuvchi dunyoda qanday ish ko‘rishni o‘rgatishi kerak. Biz buni e’tiborsiz qoldirdik, ammo uni ta’lim bilan tuzatishga harakat qilamiz.

Biz buni allaqachon xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy harakatlar yordamida ma’lum darajada amalga oshiryapmiz. Ammo bularning barchasi ma’lum bir xabarni yetkazishga qaratilgan qo‘shimcha o‘quv dasturlardir: yosh va g‘ayratli bo‘lsangiz, biror mashg‘ulot bilan shug‘ullaning, ammo sizning qadriyatlaringiz va vaqtingizni haqiqatan ham kerakli narsaga sarflash haqida gap ketganda, ijtimoiy harakat faqat shundan iborat bo‘lmasligi ma’lum bo‘ladi.

Qanday qilib CAPA ta’lim va xalq farovonligi o‘rtasidagi bo‘shliqni yo‘q qiladi?

Hozirda CAPA oldidagi eng katta muammo bu dunyoda sodir bo‘layotgan eng so‘nggi voqealar yuzaga keltirgan talablarga javob bera oladigan kurslardan iborat o‘quv dasturini yaratishdir. Biz global mavzularning o‘quv dasturini shakllantirishiga imkon beramiz va hayotda biron samaraliroq ish qilish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida fikr yuritamiz.

Men hozirda ijtimoiy harakatlarni rag‘batlantirish asoslari bo‘yicha dars beryapman. Biz darslarni global isish bilan boshlagan edik va ushbu mavzudagi eng chuqur tahlilga ega, klassik matnlarning hozirda yuz berayotgan jarayonlar bilan kombinatsiyasini ishlab chiqdik. Biz ushbu imkoniyatlardan real vaqt rejimidagi muammolarga javob berish uchun foydalanmoqchimiz. Shundan so‘ng, biz AQShdagi universal mavzular bo‘yicha munozaralarning markazida turuvchi sog‘liqni saqlash tizimi mavzusi bilan darslarimizni davom ettirdik. Bu bizga sog‘liqni saqlashning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini eslatuvchi bir olam edi.

Harakat barcha jarayonlarda eng muhim omil hisoblanadi. CAPAdagi hamma narsa bir savolga asoslanadi: bu dunyoda samarali ishlash uchun o‘z qobiliyatingizni qanday o‘zgartirishingiz kerak? Agar siz ushbu savolga javob topa olmasangiz, bu CAPA kursi emas.

CAPA Bennington kampusida madaniy siljishga sabab bo‘ldi. Harakatlarni o‘rgatadigan kurslar mavjud — bu yerda nima sodir bo‘layotganini ko‘rishingiz mumkin. Shahar hayoti kabi mavzular bo‘yicha mahorat darslari ham bor. Biz sizga aslida nima muhim ekanligini tushunish imkonini beradigan fundamental masalalarni — ishlashingiz mumkin bo‘lgan joylarni qidirishda davom etamiz,

CAPA ish tajribasining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?

An’anaviy sinfxonalarda professorlar dars berishdan oldin qilinishi kerak bo‘lgan ishlar rejasini tuzib oladilar. Ammo haqiqat shundaki, dunyoni tartibga solib bo‘lmaydi. Dunyoni tushunish uchun uning hech kim javob topa olmaydigan dunyo ekanligini anglash zarur. CAPA shunchaki qabul qilish pedagogikasi emas, balki kashf qilish pedagogikasi doirasida ishlaydi. Bilmagan narsalaringizni o‘zingiz o‘rganishga harakat qilishingiz kerak. O‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi yagona farq shundaki, o‘qituvchilar talaba bo‘lish qanday ekanligini yaxshi tushunadilar. Biz faqatgina javoblarni emas, balki ularni qanday topishni ham biladigan odamlarmiz.

Juda ko‘p talabalar CAPA ning yordami bilan dunyoga o‘zgacha boqishni o‘rganmoqda. Ular buning ma’nosini tushunish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqdalar va buning ta’limning ajralmas qismi ekanligiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.

Foto: freepik.com

Muammoning bir qismi bir vaqtning o‘zida barcha yirik sohalardagi muammolarga qarshi tura olishdadir. Fuqarolikning istalgan jiddiy ko‘rinishida sizning majburiyatlaringiz cheksiz. Siz: «Kechirasiz, lekin men buni tushunmayapman. Men kurashmoqchi emasman, men faqat tinchlik tarafdoriman», — deyolmaysiz. Odatda universitet darslarida mavzular ko‘lami tobora torayib boradi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz ushbu maxsus doiradagi mutaxassis bo‘lmasangiz, hech qanday jiddiy ish qilolmaysiz. Bu taxmin xolos, ammo u ilmiy ko‘makka muhtoj.

Siz ko‘proq fanlararo ta’lim tizimiga o‘tishga da’vat qilayotganga o‘xshaysiz.

Men fanlar tushunchasi yaxshi fikr emas deb hisoblayman. Biz dunyoni muammolar va harakatlar orqali ko‘rishimiz kerak. Fanlararo tizim hali ham dunyoni intizom orqali boshqarishga harakat qiladi — u o‘z obro‘sini saqlab qolgan. Oltita tor doiradagi qarashga ega bo‘lish bir turdagisidan yaxshiroq degani emas. Siz bundan ham radikalroq bo‘lishingiz kerak. Fanlararo tartibdagi o‘rganuvchilar haqida o‘ylamang — ularning qobiliyatlari va qanday o‘zgarganligi haqida fikr yuriting. Biz intellektual salohiyatning jiddiy cheklanishi va intizomlardan tashqariga chiqmas ekanmiz, muammolarga duch kelaveramiz.

Darhaqiqat, fanlar faoliyat olib borishning yagona yo‘li ekanligi haqiqiy muammodir va bu ko‘p yo‘nalishli fanlararo tizimga qaraganda ancha radikal hisoblanadi. Agar siz tarixchi bo‘lsangizu, fizik yoki psixologning oldida o‘tirib biror savolga javob izlaydigan bo‘lsangiz, bu sizga yordam bermaydi. Shunchaki savolga bir nazar soling.

Bu esa odamlar faqat ma’lum fan doirasidagi narsalarga qiziqishmaydi va ular o‘zlarini butunlay shu narsaga bag‘ishlashni xohlashadi degani emas. Bu juda ajoyib. Ammo fanlar hamma narsani boshqarsa, bu unchalik yaxshi emas.

Nima deb o‘ylaysiz, nega ijtimoiy faoliyat sohasidagi ta’lim keyingi o‘rinlarga tushib qoldi?

Men tobora o‘sib borayotgan murakkablikdan bosh tortilayotganini ko‘rmoqdaman, bu dunyo murakkab bo‘lganligi tufayli kelib chiqadigan muammodir. Menimcha, texnologiyada fundamentalizm mavjud. Texnologiyaning o‘zi bizni qutqara olmaydi. Texnologiya juda ajoyib, ammo u shunchaki vosita.

Millionlab dalillar eng bilimdon va ma’rifiy harakatlarga qodir bo‘lgan odamlarning hozirda hech qanday sezilarli ish bilan band emasligini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda juda ko‘p foydali ish bilan shug‘ullanadigan odamlar ham bor. Ular ishtiyoq bilan shu ishga kirishgan. Ular o‘z sohasining eng ashaddiy vakillari, ishqibozi va fundamentalistlaridir. Chegarada turgan odamlar — bular aslida ichkarida bo‘lishi kerak bo‘lgan odamlar. Biz samaradorlikka erishishda eng ko‘p tayyorgarlikka ega bo‘lgan odamlar uchun mavjud cheklovlarni yo‘q qildik va fundamentalistlarga qadriyatlarning butun maydonini topshirdik. Ommaviy harakat qadriyatlar bilan bog‘liq — buni rad etib bo‘lmaydi. Bu sizni qiziqtirayotgan narsa va nima uchun boshqa odamlar ham bundan qayg‘urishi kerakligi haqidadir. Intellektual muassasalar sohani bunday fikrlashdan mahrum qildi. Shunday qilib, odamlar faqat o‘zlari topa olgan joylarga borishadi va afsuski, shaharlarda yagona o‘yin — bu fundamentalizm.

Kollej yoki universitetda tahsil olmagan shaxslarni qanday qilib ijtimoiy harakatlarda qatnashishga jalb etasiz?

Ajoyib chiziq bor: «Hech narsa qilma, shu yerda tur». Bu — CAPAning mohiyati. Agar siz haqiqatan ham samarali bo‘lishni istasangiz, u yerda turishingiz va uni egallashingiz, o‘rganishingiz va tushunishingiz, boshqa narsalar uchun sarflaydigan imkoniyatlaringizni ishga solishingiz kerak. Buni boshqa odamlar bilan birgalikda amalga oshirish kerak — yolg‘iz bajarishga urinmang.

Chelakdagi tomchilar bilangina kifoyalanmang. Bu chiqindini tozalashga yetmaydi, yetarli imkoniyat ham bermaydi. Bu yomon emas, lekin ko‘p narsani o‘zgartirmaydi ham. Bu shunchaki oddiy hol emas. Bu sizdagi bor imkoniyatlarni ishga solishingizni talab qiladi. Buni yaxshi tushunib oling. Talablar juda yuqori va bu juda hayajonli, to‘lqinlantiruvchi holatdir.

Shuningdek, biz voyaga yetgan yoshlar ta’limini jamoatchilik harakatini shakllantiruvchi yo‘l deb hisoblashimiz mumkin. Butun mamlakat bo‘ylab maktablar mavjud va ularda odatda tunda darslar bo‘lmaydi. Biz qanday qilib balog‘atga yetganlar uchun birdek qiziq bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘zaro muloqot qilish imkoniyatini yaratishimiz mumkin? Odamlar bir-biri bilan muhim narsalar to‘g‘risida fikr almashsa, biz juda xursand bo‘lamiz. Bu yanada tizimli yondashuv bo‘ladi — bunda nafaqat universitet, balki ta’lim va sinfxonalardan ham jamiyatning barcha sohalarini rivojlantirish uchun foydalanishimiz mumkin bo‘ladi.

Liz Jasobs, TED.com muharriri

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring