Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oshxona gubkasi: tozalovchi vositami yo bakteriyalar koni?

Oshxona gubkasi: tozalovchi vositami yo bakteriyalar koni?

Foto: «Flickr»

Oddiy oshxona gubkasining bir kub santimetrida juda ko‘p turdagi 25—34 milliard bakteriya mavjud. Ularni dezinfeksiyalash vaziyatni battar yomonlashtiradi, deb yozmoqda «Life».

Germaniyalik olimlar buni tekshirib ko‘rishdi: oshxona gubkasini dezinfeksiyalash qanchalik to‘g‘ri, u gigiyenik jihatdan qay darajada talabga javob beradi.

Tekshiruvlarda ma’lum bo‘lishicha, oshxona gubkasi dezinfeksiyalashdan yaxshi o‘tmagan. Chunki gubkadagi bakteriyalar rekord darajada ko‘p. Ustiga-ustak, ularda uchraydigan mikroorganizmlarda patogen shtammlar ham qayd etilgan. Shu mavzudagi maqola «Scientific Reports»da chop etildi.

Tadqiqot mualliflari gubkada 16S RNA geni izlarini topishda maxsus usulni qo‘llashdi. Ular aniq bakteriyalarga xos, shu bois ularni ovqat qoldiqlari yoki odam terisidan gubkaga tushgan genlardan farqlash oson. Gubkadagi genlarda mikroorganizmlardan 35 ta turkum, 73 ta oila va 118 ta turni aniqlashgan. Ularning aksariyati yo odam tanasiga neytral, yo shartli patogenlar hisoblangan — ya’ni odam immuniteti u bilan aloqaga kirishib zaiflashgandagina kasallikni chaqirishi mumkin. Biroq istisno holatlar ham mavjud: 14 ta tahlilda gubkalardan bir nechtasida patogen ichak tayoqchalari yetarlicha aniqlangan.

Tadqiqotchilarning yozishicha, dezinfeksiyalashda gubka samarasi ularda shubha uyg‘otmoqda. O‘z oshxona gubkalarini tadqiqot uchun topshirgan Germaniya aholisi so‘rovnomada ularni qaynatishini, maishiy dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berishini va hatto uzoq vaqt mikroto‘lqinli pechda qizdirishini ma’lum qilishgan. Garchi mikroskop ostidagi tasvirlarda obdon dezinfeksiyalangan gubkalarda umumiy bakteriyalar soni kamroq chiqsa-da, ayrim shartli-patogen mikroorganizmlarning ko‘payishi kuchaygan. Masalan, «dezinfeksiyalovchi» gubkalar — «Chryseobacterium hominis»da bakteriyalar oddiysiga qaraganda hatto ko‘proq bo‘lgan.

Gubkalar Qadimgi Gretsiya zamonlaridan buyon oshxona jihozlarini yuvishda ishlatib kelingan. Faqat boshida bu dengiz bulutlari, tirik organizmlar bo‘lgan, ular tirikligida rosa toksin ajratadi. Shu darajada samarali bo‘lganki, hatto antibiotiklarga dosh beradigan bakteriyalar ham ular tufayli o‘lgan. Ehtimol, aynan shuning uchun ham qadimgi greklar tozalovchi va dezinfeksiyalovchi zamonaviy vositalardan foydalanmagan bo‘lishsa-da, gubkalariga bakteriyalar yuqishi muammosidan xoli edilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring