Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar yurak to‘xtaganda odamlar nimani his qilishlarini aniqladilar

Olimlar yurak to‘xtaganda odamlar nimani his qilishlarini aniqladilar

AQSh, Bolgariya va Britaniyalik bir guruh olimlar yurak to‘xtashi paytida odamlar ongli o‘lim tajribalarini, shu jumladan xotirjamlik va sevgi tuyg‘ularini boshdan kechirishlari mumkin degan xulosaga kelishdi, deb xabar bermoqda rg.ru nashri.

Tadqiqotchilar 2017-yilning mayidan 2020-yilning martigacha AQSh va Buyuk Britaniyadagi klinikalarda yurak-o‘pka jonlantirish bo‘limida hayotga qaytgan 567 nafar erkak va ayolning ahvolini tahlil qilishdi. Bu tajribani o‘tkazish uchun bemorning boshiga miyadagi kislorod va elektr faolligini o‘lchash uchun sensorlar biriktirilgan. Natijada, gamma, delta, teta, alfa va beta to‘lqinlarini o‘z ichiga olgan reanimatsiya qilinganlarda miya faoliyatining «portlash»lari aniqlandi. Ularning ba’zilarida aqliy funksiyalar va aqliy faoliyat mavjudligini ko‘rsatadi.

Tadqiqot guruhi omon qolgan 53 kishidan 28 tasi bilan intervyu olishga muvaffaq bo‘ldi. Respondentlarning 11 nafari reanimatsiya vaqtida hushida qolganliklarini, og‘riqni boshdan kechirishganini, shifokorlarning ba’zi so‘zlarini eshitganlarini va ko‘krak qafasidagi bosimni his qilishgan.

Qolgan oltitasi, aksincha, o‘limga yaqin tajribani boshdan kechirganliklarini ta’kidladilar. Ba’zilar go‘yo o‘z tanalaridan ajralib, noaniq siluet va oq figuralarni ko‘rishgan. Bir nechta bemorlarning aytishicha, ular bilan sodir bo‘lgan voqea yomg‘ir yog‘ayotgan tushga o‘xshaydi va politsiya ularni ta’qib qilayotgandek tuyulgan. Shu bilan birga, ba’zi so‘rov ishtirokchilari xotirjamlik va sevgi kabi yoqimli his-tuyg‘ularni boshdan kechirganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring