Insoniyat tarixidagi eng yomon yil aniqlandi
Garvard universiteti (AQSh) olimlari milodiy 536-yilni zamonaviy insoniyat tarixidagi eng yomon yil deya ta’riflashdi. Qadimgi muzliklarda qolgan izlar asnosida shu xulosaga kelindi.
Grenlandiya va Antarktidadan keltirilgan qadimiy muz tahlillariga ko‘ra, milodiy 536-yil sayyoramizda juda kuchli vulqon otilib, «yadro qishi» effektiga olib kelgan. Harorat keskin pasayib ketib, ekinlar hosil bermay qo‘ygan: juda ko‘plab odamlar yashab turgan joylarini tark etishga majbur bo‘lishgan, urushlar ko‘payib, o‘lat tarqagan.
Paleoklimatologlarning xulosalarini tarixiy manbalar ham tasdiqlaydi. 536-yil imperator Yustinian I hukmdorligining 10-yili edi. O‘sha davr voqeanavislari quyosh yaxshi isitmay qo‘ydi, oyga o‘xshab yorug‘lik sochmoqda, deb yozib qoldirishgan.
Oradan to‘rt yil o‘tib, 540-yilda oldingisidan qolishmaydigan yana bir vulqon otilishi ro‘y bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter