Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 apreldan 65 yoshdan oshganlarga uydan tashqariga chiqish man etiladi

01/04/2020

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida «o‘zini yakkalash» (samo izolyasiya) hayot tarzi joriy etiladi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi.