Ohangaronda 2 ming yillik xumdon va ko‘zalar topildi (foto)
Qoraxitoy qishlog‘ida qiziq voqea ustidan chiqdik. Qishloqda davlat dasturi doirasida namunali uylar qurilishi jarayonida qadimiy arxeologik topilmalar, ko‘za, xumlar va turli xo‘jalik buyumlari topilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, bunday buyumlar quruvchilar tomonidan ko‘plab topilgan. Ammo shu paytgacha hech kimga xabar qilinmagan.