«O‘zbekiston bulbuli» Tavakkal Qodirov bahorning farzandi edi!
San’atkor Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov singari ulug‘ hofizlar maktabining davomchisi sifatida o‘ziga xos uslub yaratdi. Hofiz yuzlab qo‘shiqlar ijro etdi. U kuylagan «Bizni tashlab», «O‘xshaydi-ku», «Toshkent irog‘i», «Naylaram», «Qo‘qon ushshog‘i», «Tanovar», «Fasli navbahor o‘ldi», «Farg‘ona tong otguncha» va boshqa qo‘shiqlarni hanuz xalqimiz sevib tinglaydi.