Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zteleradiokompaniya» jurnalisti iqrori: «sukut saqlashni qoyillatyapmiz»

26/08/2019

Gapni «Yurtimizda bo‘layotgan islohotlar samarasi o‘laroq...» yoki «bizga yaratilayotgan imkoniyatlar...» kabi so‘zlar bilan boshlamoqchi emasman. Yoki yozmishimizni, siyosiy va jiddiy tus berish uchun, mavzuga aloqador bo‘lgan-bo‘lmagan qarorlar, farmonlarning uzundan-uzoq nomlari hamda chiqarilgan sana va sonlari bilan boshlash niyati ham yo‘q. Chunki o‘quvchi baribir shu joylarini «tashlab» o‘tadi.